Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
03
03
03
21
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 2022- yilning II choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojatlarni tahlil qilish yuzasidan Ma'lumotnoma

 

Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida 2022-yilning 2-choragida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, hisobot davrida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan 8361 ta murojaatning 7551 tasi yoki 90,3 % hal qilinishi, shu jumladan 5300 tasi (70,1%) qanoatlantirilishi va 2251 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi.

341 ta monitoring va 196 ta oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan jami 29 171 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli tashkilotlarga 1577 ta taqdimnoma, sudlarga jami 40,4 mlrd. soʻmlik 1341 ta daʼvo arizalari kiritilishi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 412 ta maʼmuriy materiallar rasmiylashtirilishi taʼminlandi.

Kiritilgan taqdimnoma, daʼvo ariza va maʼmuriy materiallarga muvofiq 9,1 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning undirilishi, 36,6 mlrd. soʻmlik 1416 ta daʼvo arizalarining qanoatlantirilishi, 315 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 1150 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan 34 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi shuningdek, 360 nafar shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.

18