Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-390-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va ijtimoiy faolligini yanada oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalariga qarashli yuridik shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil davom ettirish maqsadi ko`zlangan.

Mazkur qarorga muvifiq, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hududlarda ko‘rgazma yarmarkasini o‘tkazish uchun zarur pavilonlar bepul tarzda ajratiladi.

Shuningdek, qarorda davlat buyurtmachilariga o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, ko‘rgazma yarmarkalari davomida yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar bilan ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni uch yilgacha muddat davomida kafolatli xarid qilishni nazarda tutuvchi shartnomalar tuzish huquqi berish;

-2023-yil 1-yanvarga qadar yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reyestri    yuritilishini tashkil etish;

- tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish o‘rinlari va sharoitlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishda nogironligi bo‘lgan shaxslar band bo‘lgan ish o‘rinlarining mehnat sharoitlari yuzasidan davlat ekspertizasi xulosasini talab qilish tartibini bekor qilish;

- 2023-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib reja-jadvallaridagi xarid predmeti hajmining kamida 10 foizi miqdorida joylashgan hududi bo‘yicha tegishlicha Reyestrga kiritilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni shartnoma asosida sotib olish belgilangan.

 

Bekobod tuman FHDY bo`limi mudirasi   U.To`xtabayeva