Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish


Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga o‘tkazish

Garov bilan ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarz boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan, agar garovga qo‘yuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan bo‘lmasa

Ashyolarning lombardda garovga qo‘yilishi

Fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin.

Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.

Garovga qo‘yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi.

Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi shart.

Lombard garovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas.

Lombard ashyolarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, garovga qo‘yilgan ashyolarning yo‘qolganligi yoki shikastlanganligi uchun javobgar bo‘ladi.

Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o‘tganidan keyin garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda ushbu mol-mulkni sotishga haqli. Shundan keyin hatto garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmasa ham, lombardning garovga qo‘yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo‘ladi.

Lombardlar tomonidan fuqarolarga ularning ashyolarini garovga olib kredit berish qoidalari qonunchilik bilan belgilanadi.

Lombardda ashyolarni garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomaning garovga qo‘yuvchining huquqlarini ushbu Kodeks yoki boshqa qonunlar bilan unga beriladigan huquqlarga qaraganda cheklab qo‘yadigan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov