Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi


Majburiyatning qarzdor hisobidan bajarilishi

Qarzdor ashyoni tayyorlash va kreditorga mulk qilib, xo‘jalik yuritishga yoki operativ boshqarishga topshirish yoxud ashyoni foydalanish uchun kreditorga berish yoxud uning uchun muayyan ishni bajarish yoki unga xizmat ko‘rsatish majburiyatini bajarmagan taqdirda kreditor, agar qonunchilikdan, shartnomadan yoki majburiyatning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, uchinchi shaxslarga majburiyatni oqilona muddatda oqilona baholarda ijro etishni topshirishga yoinki uni o‘z kuchlari bil

Subsidiar javobgarlik

Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo‘lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo‘shimcha ravishda javobgar bo‘lgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qo‘yishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qo‘yishi kerak.

Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qo‘yilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan bo‘lsa, bu talab subsidiar javobgar bo‘lgan shaxsga qo‘yilishi mumkin.

Kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga o‘tkazish yoki mablag‘larni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yo‘li bilan qondirilishi mumkin bo‘lsa.

Subsidiar javobgar shaxs o‘ziga kreditor tomonidan qo‘yilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor o‘zining kreditorga qarshi e’tirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qo‘yish huquqiga ega.

Javobgarlik va majburiyatni asl holida bajarish

Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat lozim darajada bajarilmagan taqdirda neustoyka to‘lash va zararni qoplash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.

Basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.

Kechiktirib yuborish oqibatida o‘zi uchun ahamiyatini yo‘qotgan ijroni kreditorning qabul qilishdan bosh tortishi, shuningdek voz kechish haqi tarzida belgilangan neustoykani to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qiladi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov