Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Shartnoma tushunchasi


Shartnoma tushunchasi

Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.

Shartnomalarga Fuqarolik Kodeksning 9-bobida nazarda tutilgan ikki va ko‘p taraflama bitimlar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar ushbu bobning qoidalarida va ushbu Kodeksda shartnomalarning ayrim turlari to‘g‘risida bayon etilgan qoidalarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyatlar to‘g‘risidagi umumiy qo‘llaniladi.

Ikkitadan ortiq taraflar tuzadigan shartnomalarga, bunday shartnomalarning ko‘ptaraflamalik xususiyatiga zid bo‘lmasa, shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar qo‘llaniladi.

Shartnoma tuzish erkinligi

Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.

Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Taraflar qonunchilikda nazarda tutilmagan shartnomani ham tuzishlari mumkin.

Taraflar turli shartnomalarning elementlarini o‘z ichiga oladigan shartnoma (aralash shartnoma) tuzishlari mumkin. Aralash shartnoma bo‘yicha taraflarning munosabatlariga, agar taraflarning kelishuvidan yoki aralash shartnomaning mohiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, elementlari aralash shartnomada bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi.

Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonunchilikda ko‘rsatib qo‘yilgan hollar bundan mustasno.

Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo‘yilmaganligi tufayli qo‘llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o‘zaro kelishib, uning qo‘llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo‘lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi.

Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, tegishli shartlar taraflar o‘rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov