Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar


Shartnoma tuzish to‘g‘risidagi asosiy qoidalar

Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Shartnomaning narsasi to‘g‘risidagi shartlar, qonunchilikda bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur bo‘lgan hamma shartlar muhim shartlar hisoblanadi.

Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.

Shartnomaning tuzilish payti

Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan .

Shartnomaning shakli

Agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun ma’lum bir shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan har qanday shaklda tuzilishi mumkin.

Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran, notarial tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi zarur bo‘lganda esa — shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishgan bo‘lsalar, garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan bo‘lmasa-da, shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.

Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo‘li bilan, shuningdek pochta, telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.

Agar shartnoma tuzish haqidagi yozma taklif ushbu Kodeks 370-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda olingan bo‘lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov