Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Majburiy tartibda shartnoma tuzish


Majburiy tartibda shartnoma tuzish

Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida yoki akseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda akseptlashi to‘g‘risida (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) bildirish yo‘llashi kerak.

Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda akseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aksept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli.

Ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzish oferta (shartnoma loyihasi) yo‘llagan taraf uchun majburiy bo‘lgan va unga o‘ttiz kun mobaynida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi yuboriladigan hollarda bu taraf kelishmovchiliklar bayonnomasini olgan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga shartnomani uning tahririda qabul qilishini yoki kelishmovchiliklar bayonnomasini rad etishini bildirishi shart.

Kelishmovchiliklar bayonnomasi rad etilganida yoki uni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi bildirish ko‘rsatilgan muddatda olinmaganida kelishmovchiliklar bayonnomasini yo‘llagan taraf shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli..

Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar to‘g‘risidagi qoidalar, agar qonunchilikda boshqa muddatlar belgilangan bo‘lmasa yoki taraflar ularni kelishib olgan bo‘lmasalar, qo‘llaniladi.

Agar ushbu Kodeksga yoki boshqa qonunlarga muvofiq shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilgan zararlarni boshqa tarafga to‘lashi kerak.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov