Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi


Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi

Auksionlar va tanlovlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq auksionda va ochiq tanlovda xohlagan shaxs qatnashishi mumkin. Yopiq auksion va yopiq tanlovda shu maqsad uchun maxsus taklif etilgan shaxslargina qatnashadilar.

Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashkilotchi kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risida kamida o‘ttiz kun oldin xabar qilishi kerak. Xabarda, har qanday holda ham, kimoshdi savdosining vaqti, joyi va shakli, kimoshdi savdosiga nima qo‘yilayotgani va uni o‘tkazish tartibi, shu jumladan kim oshdi savdosida qatnashishni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi, shuningdek boshlang‘ich narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Agar kimoshdi savdosiga faqat shartnoma tuzish huquqi qo‘yilayotgan bo‘lsa, bo‘lajak kimoshdi savdosi to‘g‘risidagi xabarda bunga beriladigan muddat ko‘rsatilishi kerak. Agar qonunda yoki kimoshdi savdosi o‘tkazilishi haqidagi xabarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, xabar bergan kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion o‘tkazishdan xohlagan vaqtida, lekin u o‘tkaziladigan kundan kamida uch kun oldin, tanlov o‘tkazishdan esa — tanlov o‘tkaziladigan kundan kamida o‘ttiz kun oldin bosh tortishga haqli.

Kimoshdi savdosining tashkilotchisi uni o‘tkazishdan mazkur muddatlarni buzib bosh tortgan hollarda ishtirokchilarning ko‘rgan haqiqiy zararlarini to‘lashi shart. Yopiq auksion yoki yopiq tanlov tashkilotchisi xabar yuborilganidan keyin aynan qancha muddatda kimoshdi savdosidan bosh tortganligidan qat’i nazar, o‘zi taklif etgan ishtirokchilarning real zararini to‘lashi shart.

Kimoshdi savdosining qatnashchilari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda ko‘rsatilgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat puli to‘laydilar. Agar kimoshdi savdosi o‘tkazilmasa, zakalat qaytarib berilishi kerak. Zakalat kimoshdi savdosida qatnashgan, lekin unda g‘olib chiqmagan shaxslarga ham qaytarib beriladi.

Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bilan shartnoma tuzishda u to‘lagan zakalat summasi tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarishda hisobga olinadi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi auksion yoki tanlov o‘tkazilgan kuni kim oshdi savdosining natijalari to‘g‘risida bayonnoma imzolaydilar, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxs bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, to‘lagan zakalatidan mahrum bo‘ladi. Bayonnomani imzolashdan bosh tortgan kimoshdi savdosining tashkilotchisi zakalatni ikki hissa qilib qaytarishi, shuningdek kimoshdi savdosida g‘olib chiqqan shaxsga kimoshdi savdosida qatnashish tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning zakalat pulidan ortiq bo‘lgan qismini to‘lashi shart.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi boshlig‘i                                    I.Noyobov