Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Davlat xizmatlari koʻrsatilishida 80 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi


Davlat xizmatlari koʻrsatilishida 80 mingdan ortiq qonunbuzilish aniqlandi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan vakolatli tashkilot
va idoralarning davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyati oʻrganilganda, ayrim tashkilotlar faoliyatida tizimli muammolar va qonun buzilishlar aniqlandi.

Xususan, oʻtgan 2023-yilda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda
13 marotaba oʻrganish hamda 80 dan ortiq monitoringlar oʻtkazildi. Unda vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida 80 mingdan ortiq qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Bularning 77 ming 390 tasida muddat buzilgan boʻlsa, 1 ming 154 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan, 2 ming 672 ta davlat xizmatlari koʻrsatilishiga oid boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanib, masʼul shaxslarga nisbatan taʼsir choralari qoʻllanilgan. Qonunbuzilish holatlari idoralar kesimida tahlil qilinganda, kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarida 40 mingdan ortiq, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy tuzilmalarida 9 mingdan ortiq, Davlat kadastrlar palatasi hududiy tuzilmalarida 3 mingdan ortiq, Soliq organlari tomonidan 2  ming 210 ta, Sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan 984 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

Shuningdek, 4 ming 846 ta mahalliy hokimliklar tizimida, 216 ta bandlik va mehnat munosabatlari idoralari, 15 ta bojxona idoralari, 3 tasi esa boshqa xizmat koʻrsatuvchi idoralar tomonidan qonunbuzilish holatlari qayd etildi.

Boshqarma tomonidan oʻtgan yilda vakolatli idoralarga 180 ta ogohnoma, 20 ta taqdimnoma kiritilib, 39 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi. 368 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanildi.

Hozirda, Toshkent viloyati adliya boshqarmasida davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatishda qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan tegishli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

Otabek Qalandarov,

Toshkent viloyati adliya

boshqarmasi shoʻba boshligʻi