Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOSINING KO‘RIB CHIQILISHI UCHUN SUDGA MUROJAAT QILISH HUQUQI


YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOSINING KO‘RIB CHIQILISHI UCHUN SUDGA MUROJAAT QILISH HUQUQI

 

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 559-moddasiga asosan, quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:

 

1) xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi;

 

2) Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;

 

3) ish beruvchi, u mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda, shuningdek o‘ziga xodim tomonidan etkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;

 

4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;

 

5) prokuror.

 

Shuni ta’kidlash lozimki, yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish muddatlariga amal qilish shart.

 

Yuqori Chirchiq tumani

Adliya bo’limi boshlig’i

M.M.Islamov