Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI ORGANLAR


YAKKA TARTIBDAGI MEHNAT NIZOLARINI KO‘RIB CHIQUVCHI ORGANLAR

 

Yakka tartibdagi mehnat nizolari quyidagilar tomonidan ko‘rib chiqiladi:

 

mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar tomonidan, bundan bevosita sudda ko‘riladigan nizolar mustasno;

 

sud tomonidan.

 

Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.

 

Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada yoki sudda ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin «Mediatsiya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkin.

 

 

Yuqori Chirchiq tumani

Adliya bo’limi boshlig’i

M.M.Islamov