Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

MAVSUMIY XODIMLAR MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI


MAVSUMIY XODIMLAR MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

 

Mavsumiy ishlar tarifi 2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Mehnat Kodeksining 2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan Mehnat Kodeksining 491-moddasida berilgan boʻlib, unga asosan iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.

 

Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.

 

Mavsumiy ishlarning, shu jumladan olti oydan ortiq davr (mavsum) ichida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ayrim mavsumiy ishlarning roʻyxatlari va mazkur ayrim mavsumiy ishlarning eng koʻp davomiyligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Mavsumiy ishlarni bajarish toʻgʻrisida mehnat shartnomasi tuzishda uning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardir, yaʼni ishning mavsumiy xususiyati toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida koʻrsatilishi kerak.

 

Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chogʻida sinov muddati belgilanmaydi.

 

Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.

 

Yuqori Chirchiq tumani

Adliya bo’limi boshlig’i

M.M.Islamov