Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, no


Toshkent viloyati adliya organlariga yuklatilgan ustuvor vazifalar, shu jumladan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, huquqni qoʻllash amaliyotining holati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish, notariat va advokatura yoʻnalishlarida 2023-yilda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, hisobot davrida jami kelib tushgan 9 079 ta murojaatning 8 783 tasi yoki 96,7 % hal qilinishi, shu jumladan 6 273 tasi (71,4%) qanoatlantirilishi va 2 510 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berilishi taʼminlandi.

Masalan, “Shox Asr Market” MCHJ rahbari A.Turgʻunboyevning
“Ye-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotib olingan noturar joy binosi uchun toʻlangan summadan chegirma qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligini Toshkent viloyat hududiy boshqarmasidan undirishda amaliy yordam berishni soʻrab yoʻllagan murojaati oʻrganib chiqilib, Oʻrtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi va jamiyat foydasiga 63,6 million soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.

687 ta monitoring va 436 ta oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan jami
99 782 ta qonunbuzilishi holatlarini bartaraf qilish boʻyicha tegishli tashkilotlarga 1 425 ta taqdimnoma, sudlarga jami 64,4 mlrd. soʻmlik 952 ta daʼvo arizalari kiritildi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 672 ta maʼmuriy materiallar rasmiylashtirildi.

Kiritilgan taqdimnoma, daʼvo ariza va maʼmuriy materiallarga asosan 268,8 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning undirilishi, 60,8 mlrd. soʻmlik 952 ta daʼvo arizalarining qanoatlantirilishi, 10 348 ta noqonuniy qarorlarning bekor qilinishi va haqiqiy emas deb topilishi, 508 nafar aybdor shaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilishi, shu jumladan
45 nafari bilan mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, shuningdek 670 nafar shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.