Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

QIZ BOLANI 17 YoSHDA TURMUSHGA BERSA BOʻLADIMI?


QIZ BOLANI 17 YoSHDA TURMUSHGA BERSA BOʻLADIMI?

 

SAVOL;

Qizim 17 yoshda. Hozirda uyimizga sovchilar kelmoqda. Biz shu yoshida qizimizni turmushga berishga qonunan haqlimizmi?

JAVOB;

Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilangan.

Biroq ushbu moddada;

Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi xam koʻrsatilgan.

Demak, sizlarda ikki yoʻl bor;

Birinchisi, farzandingiz 18 yoshga toʻlishi uchun yana bir yil kutish.

Ikkinchisi esa, oʻzlaring yashab kelayotgan tuman yoki shahar hokimining nomiga oila qurayotganlar tomonidan yozma iltimosnoma kiritish.

Kiritilgan yozma iltimosnoma qanoatlantirilib, hokimlik tomonidan farzandingizni nikoh qurish yoshi bir yilga kamaytirilsa, shundan keyin sizlar qonunan farzandingizni turmushga bersangiz boʻladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                      V.M.Farmonqulov