Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

2023-yil 21-dekabr kuni prezidentning “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.


2023-yil 21-dekabr kuni prezidentning “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan boshlab kasanachilik va hunarmandchilik yoʻnalishida yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar uchun tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, rivojlantirish, takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish maqsadida taʼlim tashkilotlarida tajribali kasanachi va hunarmandlarni jalb etgan holda kasb-hunarga oʻqitish kurslari tashkil etiladi. Xotin-qizlarni kasanachilik va hunarmandchilik yoʻnalishlarida kasb-hunarga oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtiriladi.

Bunda, taʼlim tashkilotlarida kasb-hunarga oʻqitilgan har bir bitiruvchi xotin-qiz uchun sarflangan oʻqitish xarajatlarining 70 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobaridan oshmagan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Qaror bilan 1-fevraldan tajriba tariqasida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar, Namangan tumanlararo va Mirzo Ulugʻbek tumanlararo sudlarining 2 nafardan sudyasini oilaviy nizolarni koʻrish boʻyicha ixtisoslashtirgan holda ushbu sudlarda “Oila sudyalari” tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                      V.M.Farmonqulov