Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Maktablarda yuqori sinf oʻquvchilariga ikkinchi xorijiy til oʻrgatiladi


Maktablarda yuqori sinf oʻquvchilariga ikkinchi xorijiy til oʻrgatiladi

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–53-son, 02.02.2024-y.) qabul qilindi

 Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida:

▫️maktablarning 10–11-sinflarida tayanch oʻquv rejasi asosida oʻqitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishlari boʻyicha ham taʼlim dasturlari joriy qilinadi;

“Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoʻnalishi doirasida – oʻquv jarayonini tashkil etishda asosiy eʼtibor aniq, tabiiy yoki xorijiy til fanlariga qaratiladi;

 “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishi doirasida esa – oʻquvchilar ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga oʻqitiladi.

 2024/2025 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich maktablarda xorijiy tillarni oʻqitishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

5–9-sinflarda oʻquvchilarda bazaviy bilim va nutqiy koʻnikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning akademik yozuv va soʻzlashish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish” yoʻnalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan oʻquvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga oʻqitiladi.

 2024/2025 oʻquv yilidan xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat OTM talabalarining maktablarda pedagogik amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 “Biznes va kasb-hunarga oʻqitish” yoʻnalishi doirasida maktablarda ustaxonalar tashkil etilib, oylik ish haqi oliy maʼlumotli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy qilinadi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                      V.M.Farmonqulov