Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyulda PF-6269-sonli Farmoni Mazmun moxiyati yuzasidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyulda PF-6269-sonli Farmoni

Mazmun moxiyati yuzasidan

         

          Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.

         Xususan, sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida 70 dan ziyod davlat xizmatlari soddalashtirildi, davlat xizmatlari markazlari tomonidan qamrab olingan xizmatlarni ko‘rsatish muddati va talab etiladigan hujjatlar soni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirildi.

          Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmatlarning qamrab olish darajasi pastligi, davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlarining uzunligi, ular bo‘yicha to‘lovlarning yuqoriligi, aksariyat davlat organlarining zarur ma’lumotlari to‘liq raqamlashtirilmaganligi ushbu yo‘nalishda oldimizda turgan vazifalarning dolzarbligidan dalolat beradi.

         Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash, turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyulda PF-6269-sonli Farmoni e`lon qilingan bo`lib, mazkur farmonga asosan:

1. 2021-yil 1-noyabrdan

a) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno);

b) Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi. Bunda:

ariza beruvchiga to‘lovlar Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qaytariladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatish muddatini kechiktirgan davlat organi va tashkilotining budjetdan tashqari va boshqa mablag‘lari hisobidan so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirib olinadi;

ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to‘liq hajmda ko‘rsatiladi.

2. 2022-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

3. 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan:

a) quyidagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni:

tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ma’lumotlarini;

litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligini;

davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini;

qimmatli qog‘ozlarga egaligini, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar amalga oshirilganligini, dividendlar olinganligini;

kam ta’minlangan oila yoki oila a’zosi sifatida ro‘yxatga olinganligini;

jismoniy shaxslar tomonidan alimentlar to‘langanligini va olinganligini;

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarini;

jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional (kasb-hunar) ta’lim muassasasi tugatilganligini;

jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (11-sinf negizida) tugatilganligini;

fuqaro “Yoshlar daftari” yoki “Ayollar daftari”da mavjudligini;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlarni;

oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risida ma’lumotlarni;

b) quyidagi hujjatlarni:

moliyaviy hisobotlar nusxalarini;

jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni;

ijtimoiy nafaqa va pensiyalar to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi.

          Bunda, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishda mazkur bandda nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni ushbu Farmonga 4-ilovada belgilangan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

           Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda o‘zlarining idoraviy axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan axborot va ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.

          Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida berish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

           Yuqorida ko`rsatilgan hujjat va ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanishi bois mazkur hujjat va ma’lumotlarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan aholidan talab qilinishi ortidan mansabdor shaxslarga tegishli javobgarlik choralari ko`rilishi xususida ogohlantirib o`tamiz..

 

Markaz direktori                                                  Sh.Kuchimova