Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi “Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida” gi PQ-311 son qarori mazmun moxiyati yuzasidan


 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi “Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida” gi PQ-311 son qarori mazmun moxiyati yuzasidan

         

        

          Bugungi kunda barcha sohalarda xususan joriy yilning 01 iyulidan avtotransport vositlarini oynasini tusini oʼzgartirishda ruxsatnomalarni olishda va toʼlovlarida imtiyozlar joriy etildi.

Yana bir qulaylik Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyuldagi “Аvtotransport vositalarini boshqarishda va yoʼnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʼshimcha qulayliklar yaratish toʼgʼrisida” gi PQ-311 son qaroriga asosan 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

• elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi;

• elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun oʼrnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

bir oygacha boʼlgan muddatga — 10 foiz;

olti oygacha boʼlgan muddatga — 50 foiz;

uch yilgacha boʼlgan muddatga — 100 foiz.

• elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi.

 

 

 

Ohangaron tuman Adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi

bo’lim boshlig’i                                                   Abdunazar Maxkamov