Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya xabari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2022-yildagi “Avtotransport vositalarini boshkarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida” PQ-311-son qarori bilan 2022-yil 1-


Adliya xabari

         Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2022-yildagi “Avtotransport vositalarini boshkarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida” PQ-311-son qarori bilan 2022-yil 1-sentyabrdan yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning yangi tartibi joriy qilindi.

        Bunda:

        Yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritildi.

        Haydovchi, avvalo, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim.

        Haydovchi my.gov.uz orqali yoki DXMga kelgan holda yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 340 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasini oladi. Bunda jismoniy shaxs pasport maʼlumotlari yaʼni seriya rakami, JSHSHIR xamda xaydovchilik guvohnomasi seriyasi va raqami kiritilib, faoliyat olib borish xududi tanlanadi, masalan Toshkent viloyati, Toshkent shaxri va xok.

        Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qoʻyilgan talab bekor qilindi

         “my.gov.uz” orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi.

        Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 340 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin.

         Ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi hamda boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin.

        Shu bilan birgalikda 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etildi.

        Bunda

- elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani (keyingi oʻrinlarda — elektron ishonchnoma) notarial tasdiqlash talab etilmaydi

- elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun oʻrnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:

bir oygacha boʻlgan muddatga — 10 foiz;

olti oygacha boʻlgan muddatga — 50 foiz;

uch yilgacha boʻlgan muddatga — 100 foiz.

- elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi

- elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi

        Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslarning ikki yilda bir marta majburiy malakasini oshirish talabi bekor qilindi.

 

Ohangaron tuman Davlat xizmatlari markazi

mutaxassisi B.Umarov