Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xodim ishxonaga zarar keltirgan bo'lsa, bu bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkazilishi shartmi?


Xodim ishxonaga zarar keltirgan bo'lsa, bu bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkazilishi shartmi?

Yangi Mehnat kodeksi 302-311-moddalari xizmat tekshiruvi qoidalariga bag'ishlandi.

Kodeksning 303-moddasi talablariga ko'ra xizmat tekshiruvi o'tkazish haqidagi qarorni ish beruvchi qabul qilishga haqli. Ya'ni, bu yerda huquq ish beruvchiga tegishli ekan, har qanday holatda ham xizmat tekshiruvi o'tkazish majburiy emas.

Lekin xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlashda xizmat tekshiruvi o'tkazish majburiydir.

Jumladan, Mehnat kodeksining 344-moddasida shunday deyilgan:

-muayyan xodimlar tomonidan yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin ish beruvchi yetkazilgan zararning miqdorini va uning kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 302 — 311-moddalarida nazarda tutilgan tartibda xizmat tekshiruvi o'tkazishi shart.

Demak, barcha ish beruvchilar tushunishlari kerakki, ular xodim tomonidan yetkazilgan zarar o'rnini qoplash masalasini hal qilishdan avval, albatta xizmat tekshiruvi o'tkazishlari, ushbu tekshiruvni o'tkazishda MK 302-311-moddalari talablariga rioya qilishlari shartdir.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li