Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat daftarchasi yo'qolsa pensiyaga chiqish qanday bo'ladi


Mehnat daftarchasi yo'qolsa pensiyaga chiqish qanday bo'ladi

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.

2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun mehnat staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.

Mehnat daftarchasi mavjud bo'lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo'lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to'g'risida noto'g'ri va noaniq yozuvlar mavjud bo'lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun:

- ma'lumotnomalar;

- buyruqlardan ko'chirmalar;

- shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar;

- mehnat shartnomalari;

- arxiv ma'lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.

Shuningdek, mehnat faoliyati davrlari to'g'risidagi ma'lumotlar sud tartibida guvohlar ko'rsatmalariga asosan ham hisobga olinishi mumkin.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li