Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

BOSHLANG'ICh SINF RAXBARI YUQORI SINFGA HAM RAXBARLIK OLSA BO'LADIMI?


BOSHLANG'ICh SINF RAXBARI YUQORI SINFGA HAM RAXBARLIK OLSA BO'LADIMI?

    2019-yilda tasdiqlangan ta'lim muassasasining sinf rahbari to'g'risidagi nizomning 10 bandiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'ziga biriktirilgan sinfga rahbar hisoblanadi.

Mazkur nizomning 10-bandiga muvofiq nafaqat boshlang'ich sinf o'qituvchisi, balki boshqa fan o'qituvchilarining ham ikkita sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro'yxatlarini shakllantirish tartibi to'g'risida Nizomiga muvofiq, Umumta'lim muassasalarida o'qituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi o'qituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yo'l qo'yilmaydi bunda boshlang'ich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, o'qish va matematika fanlaridan dars o'tadigan o'qituvchilarga yuklatiladi;

Yani yuqoridagi nizomga muvofiq nafaqat boshlang'ich balki yuqori sinf o'qituvchilariga ham ikkita sinfga rahbarlik qilish taqiqlanadi.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon

                                                                      o‘g‘li