Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun ham amal qiladimi?


Tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun ham amal qiladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta'lim yo'nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko'rsatilgan bo'lsa, ular dars berayotgan har bir o'quv fani bo'yicha alohida attestatsiyadan o'tishi nazarda tutilgan.

     Avallari "Tarbiya" fani uchun istisno mavjud edi. Chunki, tarix, "Davlat va huquq asoslari", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" fani o'qituvchilarining malaka toifalari "Tarbiya" fani uchun ham tatbiq etilishi bo'yicha sobiq Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi hamda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2020-yil 27-noyabrda 01-698-sonli xati ijro uchun mas'ullarga yuborilgandi.

     Hozirgi kunga kelib esa Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi va Xalq ta'limi vazirligining mazkur qo'shma xati o'z kuchni yo'qotgan.

     2021-yil may oyidan boshlab “Tarbiya” fani bo'yicha ham malaka toifalar berish amaliyoti yo'lga qo'yilgan. Shu sababli hozirgi kunda tarix fanidan olingan malaka toifasi "Tarbiya" fani uchun tatbiq qilinmaydi.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

bosh yuriskonsulti                                         Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon

                                                                       o‘g‘li