Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kimlar "Kartoshka puli" olishi mumkin?


Kimlar "Kartoshka puli" olishi mumkin?

Kartoshka puli tashkilotda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarga beriladi.

    Mazkur qo'shimcha to'lov summasi va to'lash tartibi jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat kodeksining 299-moddasiga ko'ra ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishi mumkin.

Bunda rag'batlantirish turlari (shu jumladan moddiy), ularni qo'llash tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda mehnat to'g'risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda va mehnat shartnomasida belgilanadi.

Jamoa shartnomasida barcha xodimlarga kartoshka puli to'lanishi belgilangan bo'lsa, bu pul sizga ham to'lanishi kerak. Chunki MK 160-moddasiga ko'ra siz ariza bergan vaqtdan so'ng 14 kun o'tib mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqariladi. Ungacha siz xodim maqomida bo'lasiz.

Bunga yana bir asos MK 172-moddasi sanaladi. Ushbu normaning to'rtinchi qismiga asosan o'zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to'lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo'yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to'lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo'yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Ohangaron tuman Adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi   

boshlig’i                                             Usmonqulov Abduvosid Jaxongir o’g’li