Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari qanday?


Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari qanday?

Mamlakatimizda yer munosabatlari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktabrda “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonuning 302-moddasiga ko‘ra, Servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilangan.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari hamda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut ishtirokchilaridir.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega:

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishini talab qilish;

servitut haq evaziga belgilangan hollarda servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan haqning o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish;

servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishni talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs tomonidan servitutdan shartnomada belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda shartnomaning bekor qilinishini talab qilish;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs servitut uchun belgilangan haqni (mavjud bo‘lganda) muntazam ravishda to‘lamagan taqdirda, shuningdek unda o‘z hududiga jamoat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan boshqa yer uchastkasi orqali o‘tish imkoniyati paydo bo‘lgan taqdirda, shartnomaning bekor qilinishini talab qilish.

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari:

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxs bilan birgalikda servitut to‘g‘risidagi shartnomani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi;

servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga yer uchastkasidan cheklangan tartibda foydalanish imkoniyatini berishi;

servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsga servitutdan belgilangan maqsadda foydalanilishiga to‘sqinlik qilmasligi;

yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun o‘z kuchi bilan va o‘z hisobidan yer uchastkasini tartibga keltirishi, qo‘riqlashi, ta’mirlashi va unga boshqacha tarzda xizmat ko‘rsatishi shart.

2023 yil 23 oktyabr

O‘RQ-871-son

 

Ohangaron tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Jo‘rayev Baxriddin Nasriddinovich