Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari


Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari

 

Ma’lumki, O‘zbekistonda har qanday davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosini Xalq tashkil qiladi. Shu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan”ligi belgilangan.

Prezidentimizning “Konstitutsiya - erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tganlar.

Konstitutsiyaning 56-moddasida Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to‘ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi. Bundan ko‘rinadiki, inson huquqlari madaniyatini yuksatirish davlat siyosati darajasida amalga oshirilishi belgilab berilgan.

Muxtasar aytganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda insonning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yanada mustahkam kafolatlash nazarda tutilgan.

    

Ohangaron tuman adliya bolimi

bosh maslahatchisi                                                               G‘Abduraxmonov