Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolarning burchlari


Fuqarolarning burchlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobi Fuqarolarning burchlariga qaratilgan bo‘lib, unda “Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar” va “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”,-deb belgilab berilgan.

Shu o‘rinda Prezidentimizning “Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug‘ bo‘lgan diyor – Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi dastlabki natijalardir”,-degan so‘zlari fuqarolarning huquqini mustahkamlashga qaratilgandir.

Konstitutsiyasining 61-moddasiga ko‘ra, Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

62-moddasida esa Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

Yuqoridagilarga asosan, Mamlakatimiz fuqarolari Konstitutsiyamizda belgilangan burchlariga amal qilishlar lozimdir.