Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish mumkin


Sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish mumkin

               

 

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining toʻsqinliksiz amalga oshirilishini taʼminlashga, biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borish, shu bilan birga tadbirkorlik subyektlari huquqlarining sud orqali himoya qilinishini taʼminlash yuzasidan cheklovlarni olib tashlash hamda tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish zaruriyatini inobatga olib, joriy yilning 20-fevral kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonun qabul qilindi.

         Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlarni bekor qilishni hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi.

         Ushbu qonun qabul qilinishi bilan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlashga hamda ularning zimmasiga ortiqcha xarajatlar va majburiyatlar yuklatadigan ayrim byurokratik tartib-taomillar bekor qilinmoqda.

Shuningdek qonunga binoan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilindi.

Sayyor soliq tekshiruvi — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 139-moddasida - Soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir, deb belgilangan boʻlib, Sayyor soliq tekshiruvi chogʻida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablagʻlari harakatining, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotning tahlili oʻtkaziladi.

Soliq auditi esa – Soliq kodeksining 140-moddasida - Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning toʻgʻriligini tekshirishdir, deb belgilangan boʻlib, Soliq auditi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan.

 

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                   N. Anarqulova