Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Oʻzbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi


Oʻzbekistondagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 9-fevral kunida “Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

Mazkur qarorga koʻra, Oʻzbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi.

Qaror bilan tasdiqlangan qoidalar Oʻzbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

Qoidalar sunʼiy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigatsiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qarorga asosan, tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

- yoyma toʻrlar (nakidka);

-ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);

-maxsus tamgʻalanmagan va hisobga olinmagan har qanday toʻrlar;

-changakli ovlash vositalari (astraga);

-elektr qarmoq;

-mahkamlanadigan tuzoqsimon toʻrlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonyerlik qurollari.

Bundan tashqari, qaror bilan, Baliqlarning urchish davrida, yaʼni Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan – 31-maygacha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.

Qaror bilan, elektron platformani ishlab chiqish hamda sanoat usulida baliq ovlashga ruxsat berilgan toʻrlarni hisobga qoʻyish va identifikatsiya qilish tizimini joriy qilish hamda maxsus tamgʻalar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi, baliqchilik xoʻjaliklarining sanoat usulida baliq ovlashga ruxsat berilgan toʻrlarini hisobga qoʻyish va identifikatsiya qilish hamda maxsus tamgʻalash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undirilishi va baliq ovlash uskunalarining elektr turlaridan foydalanish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Mazkur qarorga asosan, tabiiy suv havzalarida jismoniy shaxslarga sport-ishqibozlik turida 1 sutka ichida 5 kg gacha miqdorda yoki ushbu miqdordan koʻp boʻlgan 1 dona baliqni bepul ovlashga ruxsat etilsa, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash ushbu havzalar biriktirilgan subyektlar bilan kelishuv asosida yoki haq toʻlash evaziga ovchilik va baliqchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan suv havzalarida ushbu xoʻjaliklarning yoʻllanmalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Ammo qarorga koʻra, baliqlarning urchish davrida tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash taqiqlanadi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                      N. Anarqulova