Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln soʻmdan subsidiya beriladi


Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln soʻmdan subsidiya beriladi

 

Bugungi kunda, Respublikada iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq salbiy taʼsirning oldini olish zarurligi, qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasini   kamaytirish, tuproqdagi gumus miqdorini koʻpaytirish orqali ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirish maqsadida joriy yilning 13-fevral kunida “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilinib, ijroga qaratildi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-2025-yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har bir gektar maydonga bir million soʻmdan subsidiya ajratiladi.

Jumladan, subsidiya ajratish Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratilishi, subsidiyaning qolgan 30 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan oʻrtacha 10 foizga oshganligi toʻgʻrisidagi xulosasiga asosan 2025-yilda ajratilishi belgilandi.

Bundan tashqari, qaror bilan “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga oʻtkaziladi.

Ushbu qaror asosida qishloq xoʻjaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar uchun taqdim etadigan talabnomalariga muvofiq tuproqning gumus miqdorini oshirish maqsadida, zaruriyatga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 2025-yil paxta hosili uchun 2024-yilning sentyabr oyidan boshlab imtiyozli kreditlar ajratilishiga ruxsat berildi.

Qaror bilan, qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Yerlar sifatining yomonlashish jarayoni, ular hosildorligining pasayishi – yerlar degradatsiyasidir. Qurgʻoq iqlim sharoitida yerlar degradatsiyasi koʻp hollarda choʻllanish jarayoniga oʻtib ketadi, bunda hosildor yer sahroga aylanadi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                     N. Anarqulova