Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Respublikamizda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash jadallashtiriladi.


Respublikamizda mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash jadallashtiriladi.

 

Bugungi kunda respublikada misni qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 76 million dollarlik 22 ta loyiha shakllantirilgan boʻlib, global yashil iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektromobillar ishlab chiqarish hajmining ortishi tufayli 2030-yilga kelib, jahonda misga boʻlgan talab 40 foizga oʻsishi kutilmoqda.

         Yuqoridagilarni inobatga olib, respublikada mis xomashyosi ishlab chiqarishni jadallashtirish maqsadida joriy yilning 19-fevral kunida Muhtaram Prezidentimizning “Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori (PQ-77-son, 19.02.2024-y.) qabul qilindi

Mazkur qarorga koʻra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun toʻlovlarning 25 foizini boʻnak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan soʻng 90 kun ichida toʻlashga ruxsat beriladi.

Bunda mis xomashyosi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar summasi quyidagicha belgilanadi:

-30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

-31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;

-61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.

Ushbu qaror 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi hamda uning talablari 2024-yil 1-aprelga qadar tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

 

Quyichirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                           N. Anarqulova