Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Endilikda pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi belgilandi.


Endilikda pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibi belgilandi.

               

                Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2023-yil26-maydagi PF-79-son farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish maqsadidaVazirlar Mahkamasi joriy yilning 12-fevral kunida Hukumat qarori bilan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi

Mazkur reglamentga asosan, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.

Kasbiy sertifikat- nazorat sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan, cheklanmagan muddatga beriladigan QR-kod qoʻyilgan davlat namunasidagi hujjat hisoblanadi.

Stajyor oʻqituvchi- davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs hisoblanadi.

Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor oʻz muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat koʻrsatayotgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi.

Talabgor- kasbiy sertifikat olishga davogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi stajyor-oʻqituvchi yoki mutahassis lavozimidagi oʻqituvchi hisoblanadi.

Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun soʻrovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da toʻldirgan holda roʻyxatdan oʻtadi.

         Birinchi marta kasbiy sertifikat olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.

         Ammo nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

         Shuningdek, ijtimoity himoya yagona reestri axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida oʻtkaziladi.

Nazorat sinovi-kasbiy sertifikat olish uchun jismoniy shaxsning pedagogik kasbi boʻyicha bilimli va pedagogik mahoratini aniqlash jarayoni hisoblanadi.

Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

         Navbatdan tashqari nazorat sinovi-uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgorlar uchun tashkil etiladigan nazorat sinovi hisoblanadi.

         Reglamentga asosan talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.

         Shuningdek, fan nomzodi, falsafa doktori yoki fan doktori darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar hamda magistr darajasiga ega mutahassislar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

         Bundan tashqari, homilador ayollarb homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida, pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar, uzoq (uch oydan koʻp) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida, uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod etiladi.

        

 

Quyi Chirchiq tumani adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                         N. Anarqulova