Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Yoqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida

 

O‘zbekiston Respublikas Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvar “Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 28-son qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra “Yo‘qolgan ashyolarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibi to‘g‘risida” Nizom ishlab chiqilgan. Ushbu nizom jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni tegishli davlat tashkilotlariga topshirish, shuningdek, Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Nizomga binoan xususiyati buziladigan, biologik tarkibga ega bo‘lgan, turi, shakli, miqdori o‘zgaradigan ashyolar, iste’mol qilinadigan mahsulotlar, avtomototransport vositalari, dori vositalari, qattiq ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, psixotrop va giyohvandlik vositalari, ularning prekursorlari, portlovchi va pirotexnik moddalar, qurollar va ularning o‘q-dorilari, shuningdek, hayvonlar qabul qilinmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Markaz xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Topilmani topib olgan shaxslar ularni topshirish yuzasidan Markazga murojaat qilishlari mumkin.

Binolar va ularning hududlarida, jamoat transportida topib olingan topilmalar ularni topib olgan shaxslar tomonidan ushbu binolar yoki jamoat transporti mulkdorlari bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslarga topshiriladi hamda, qoida tariqasida, ushbu shaxslar tomonidan Markazga topshiriladi.

Markazga qabul qilingan ashyolar Markazning maxsus jihozlangan xonasiga (joyiga) saqlash uchun joylashtiriladi.

O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari yo‘qolgan ashyolarni topish bo‘yicha o‘zi shaxsan kelib murojaat etganda — Markaz xodimi murojaat etuvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda — murojaat etuvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga  muvofiq shakl bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.

So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin.

Topib olingan ashyolar Markazda olti oy davomida saqlanadi.

Agar topilma Markazga qabul qilingan paytdan e’tiboran olti oy mobaynida uni olishga haqli bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 193-moddasiga muvofiq:

Markaz tomonidan ashyoni topib olgan shaxsga uning ashyoga nisbatan mulk huquqi vujudga kelganligi to‘g‘risida xabar beriladi;

ashyoni topib olgan shaxs uni qabul qilib olishni rad etgan taqdirda, ashyo davlat mulkiga o‘tadi.

Davlat mulkiga o‘tgan moddiy qimmatlikka ega bo‘lgan ashyo Agentlikning tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda “E-auksion” savdo maydonchasida elektron auksionga qo‘yiladi.

 

M.Abdraimov

Angren shahar adliya bo‘limi

Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i