Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Shifokorlarning javobgarligi va ularning faoliyati ustidan shikoyat qilish to‘g‘risida.


Shifokorlarning javobgarligi va ularning faoliyati ustidan shikoyat qilish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘iga asosan: Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini noto‘g‘ri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga yuklatiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha davolash profilaktika muassasalari tomonidan mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini berish masalalari bo‘yicha shikoyat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                    R.M.Mirzaaxmedov.