Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish to‘g‘risida


 

Sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘iga asosan: Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi sababli mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lsa, unga vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

Chernobil AES halokatidan ziyon ko‘rgan mehnat qobiliyatini vaqtincha yo‘qotgan shaxs davolanish tartibini buzmagan holda boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lsa, vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan bemorning ish qobiliyati tiklangan yoki nogironlik belgilangan kungacha bo‘lgan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                    R.M.Mirzaaxmedov.