Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O‘zbekistonda ID karta va xorijga chiqish pasportini yangisiga almashtirish tartibi takomillashtiriladi


O‘zbekistonda ID karta va xorijga chiqish pasportini yangisiga almashtirish tartibi takomillashtiriladi

Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi va xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan yangisiga almashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat loyihasi bilan 2023-yil 1-iyunga qadar fuqaroning identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugagani munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga yoki Yagona identifikatsiya tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga bog‘langan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuborishni joriy etilishi mumkin.

Farmonga muvfoq, ikki oy muddatda O‘zbekiston fuqarosining “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadigan Mobil-ID tizimi yordamida proaktiv shaklda xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishini taʼminlash maqsadida zarur axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishi taʼminlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, O‘zbekiston fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga va O‘zbekiston hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga biometrik pasport o‘rniga 10 yil muddatga egasining shaxsini va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida identifikatsiya ID-kartasi berilmoqda.

ID-kartalar faqat O‘zbekiston hududida amal qiladi. ID-kartalarni berish tizimli ravishda 2021-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha yuklamasiz amalga oshiriladi.

2022-yil 1-yanvardan O‘zbekiston fuqarosi, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxlarning identifikatsiya ID-kartasi hamda O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti (“zagranpasport”, “qizil pasport”)ni rasmiylashtirish va berish davlat xizmatlari markazlari orqali yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Murojaatdagi tanqid uchun murojaatchini ta’qib etgan mansabdor shaxs ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

 

Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish:

➖ BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

 

Quyi Chirchiq tumani YuXKM boshlig’i

                                                         Sh.I.Suleymanov