Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MAKTABDAGI KUZATUV KENGASHI JUDA MUHIM ASLIDA.


 

MAKTABDAGI KUZATUV KENGASHI JUDA MUHIM ASLIDA.

Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh sonli buyrug‘iga ko‘ra maktablarda kuzatuv kengashi quyidagi tarkibda tuziladi va bir qancha huquq vakolatlarga egadir.

Kengash 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga o‘quvchilarning ota-onalari orasidan kamida 2 nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a’zo kiritiladi.

Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.

Kengashning birinchi yig‘ilishida oddiy ko‘pchilik ochiq ovoz berishi orqali Kengash raisi va kotibi saylanadi. Bunda, Kengash raisi va kotibi Kengash a’zolari tomonidan saylanadi.

Kengash tarkibi 3 yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin.

Kengash yig‘ilishlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishi hamda hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirilishi uchun Kengash raisi mas’ul hisoblanadi.

Maktab rahbari Kengash ishini tashkil qilish (hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash uchun zarur bo‘lgan xona, maktab faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlar va kanselyariya jihozlari bilan ta’minlash) uchun mas’ul hisoblanadi.

Kengashning huquq va vakolatlari

maktabning tegishli davridagi faoliyati bo‘yicha maktab direktoridan ma’lumotlarni so‘rash va olish;

maktabning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;

homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi hamda sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;

maktab pedagoglarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarining boshqaruv faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etilishi hamda o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan noqonuniy pul yig‘imlari undirilmasligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi;

maktabning umumiy yig‘ilishlarida qatnashadi, o‘quvchilar va ota-onalarning manfaatlarini himoya qiladi;

maktabda ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, maktab direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi.

Kengash a’zolariga yuqorida belgilanmagan vakolatlariga ega bo‘lishlariga, maktab direktorining qonunda belgilangan vakolatlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov