Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat shartnomasining muddatini belgilash usullari qanday?


Mehnat shartnomasining muddatini belgilash usullari qanday?

Amaldagi Mehnat kodeksining 114-moddasiga ko’ra Muddatli mehnat shartnomasida uning muddati quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:

mehnat shartnomasi muddatining umumiy davomiyligini kunlarda, oylarda, yillarda ko‘rsatish;

mehnat shartnomasi bo‘yicha ish boshlanadigan kalendar sanani va mehnat shartnomasining muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;

yuz berishi bilan mehnat shartnomasining muddati tugaydigan hodisani aniqlash (obyektni foydalanishga topshirish, o‘rniga ishlab turish vaqtiga boshqa xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilgan vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi YuXKM bosh yuriskonsulti X.M.Rizaqulov