Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sanatoriy-kurortda davolanganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish to‘g‘risida.


Sanatoriy-kurortda davolanganlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqalari berish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015 yil 20 martdagi 25-son buyrug‘iga asosan: 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari va urushdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga, sobiq baynalminalchi jangchilariga, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan shaxslarga, sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga, shuningdek davolanish va yakka parvarishga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaga hamroh bo‘lib boradigan ishlovchi ota-onalaridan biriga (vasiyga) vrachlik maslahat komissiyasi tomonidan sanatoriy-kurortda davolanishning barcha davriga (borish-kelish vaqtini hisobga olgan holda) mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi. Sanatoriy-kurortda davolanish davrida kasallik (jarohat) tufayli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelsa, ushbu muassasa shifokorining tavsiyasi asosida sanatoriy joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan vaqtincha layoqatsizlikning barcha davriga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                    R.M.Mirzaaxmedov.