Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqish xarajatlari qoplab beriladi


Yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqish xarajatlari qoplab beriladi

Yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqish xarajatlarining 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida toʻlab beriladi.

Buning uchun tadbirkorlikka yoki kasb-hunarga oʻqishni istagan yoshlar tuman (shahar) Yoshlar ishlari boʻlimiga ariza hamda oʻquv kursi shartnomasi nusxasini beradi. Shartnomada taʼlim tashkiloti nomi, STIR, oʻquv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik toʻlov miqdori va umumiy muddat koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Hujjatlar 3 ish kunida ariza bergan yoshlar yashaydigan mahalladagi hokim yordamchisiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi va hokim yordamchisi 5 ish kunida oʻqish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma berish yoki rad etish haqida yoshlar ishlari boʻlimini xabardor qiladi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Hokim yordamchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi (yoshlar ishlari boʻlimi) oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

Oʻqish xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq quyidagi miqdorlardan koʻp boʻlmagan holda toʻlab beriladi:

– bir oygacha boʻlgan kurslar uchun – BHMning 4 baravarigacha;

– bir oydan 2 oygacha boʻlgan kurslar uchun – BHMning 8 baravarigacha;

– ikki oydan koʻp muddatli kurslari uchun – BHMning 12 baravarigacha.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov