Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yoshlarning avtomaktabda oʻqish xarajatlari qoplab beriladi


Yoshlarning avtomaktabda oʻqish xarajatlari qoplab beriladi

Yoshlarning avtomaktabda oʻqish xarajatlari BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1 mln 320 ming soʻmgacha) qismi qoplab beriladi.

Buning uchun avtomaktabda oʻqishni istagan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimiga ariza hamda oʻquv kursi shartnomasi nusxasini beradi. Shartnomada taʼlim tashkiloti nomi, STIR, oʻquv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik toʻlov miqdori va umumiy muddat koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Hujjatlar qabul qilingandan keyin 3 ish kunida tegishli yoshlar yetakchisiga yuboriladi va yoshlar yetakchisi 5 ish kunida oʻqish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma berish yoki rad etish haqida yoshlar ishlari boʻlimini xabardor qiladi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Hokim yordamchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi (yoshlar ishlari boʻlimi) oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin. Oʻqish xarajatini qoplab berish qanoatlantirilganda, pul oʻquv markazining hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov