Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Dehqonchilik va tomorqa yuritish bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun subsidiya beriladi


Dehqonchilik va tomorqa yuritish bilan shugʻullanayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun subsidiya beriladi

 

Tomorqasi boʻlgan yoki dehqonchilik qilayotgan yoshlarga urugʻlik va koʻchatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida subsidiya beriladi.

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi Yoshlar ishlari boʻlimiga yeri borligini tasdiqlovchi hujjat hamda urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish shartnoma nusxasini taqdim etadi. Hujjatlar 3 ish kunida ariza bergan yoshlar yashaydigan mahalladagi hokim yordamchisiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Hokim yordamchisi 5 ish kunida ariza beruvchining dehqonchilik qiladigan yeriga borib urugʻlik va koʻchat ekishga sharoit borligini oʻrganadi. Oʻrganish natijasiga koʻra, pul ajratish haqidagi tavsiyanoma berish yoki rad etish haqida Yoshlar ishlari boʻlimini xabardor qiladi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart. Pul yoshlarning qoʻliga berilmaydi, ajratilgan pul urugʻlik va koʻchat yetkazib beruvchi tashkilotga oʻtkazib beriladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov