Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Tadbirkorlik uchun ijara xarajatlari qoplab beriladi


Tadbirkorlik uchun ijara xarajatlari qoplab beriladi

 

Yosh tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan yoshlar oʻz faoliyatini olib borayotgan joyning yillik ijara toʻlovining 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha boʻlgan qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida qoplab beriladi.

Buning uchun quyidagi hujjatlar Yoshlar ishlari boʻlimiga taqdim qilinishi kerak: tadbirkorlik guvohnomasi nusxasi yoki oʻzini oʻzi band qilgan sifatida roʻyxatdan oʻtganlikni tasdiqlovchi QR-kodli maʼlumotnoma; ijara shartnomasining soliqda hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnoma; ijara shartnomasi nusxasi.

Hujjatlar 3 ish kunida ariza bergan yoshlar yashaydigan mahalladagi hokim yordamchisiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Hokim yordamchisi 5 ish kunida ijara shartnomasi xarajatlarini qoplash yoki rad etish haqida yoshlar ishlari boʻlimiga xabar beradi. Ariza rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi lozim. Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, oylik ijara puli ijaraga bergan shaxs hisobraqamiga oʻtkazib beriladi

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov