Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Kimlar imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilinadi


Kimlar imtiyoz asosida oʻqishga qabul qilinadi

Imtihonsiz, qoʻshimcha grant asosida talaba boʻluvchilar:

•          harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasi bilan har bir harbiy qismdan bir nafardan yosh harbiy xizmatchi;

•          xizmat vazifasini bajarish payti halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan Qurolli Kuchlar tarkibidagi tashkilotlar harbiy xizmatchilari va Milliy gvardiya xodimlari, ichki ishlar tizimi xodimlarining farzandlari;

•          Olimpiya, Paraolimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon chempionatlarida oxirgi 3 yilda gʻolib boʻlgan sportchilar;

•          Zulfiya mukofoti, “Mard oʻgʻlon” mukofoti sovrindorlari;

•          “Nihol” mukofoti sohiblari;

•          Madaniyat vazirligining “Xalq cholgʻulari ijrochilari”, “Milliy raqs ijrochilari” va “Yosh maqom ijrochilari” tanlovining bir nafardan gʻoliblari;

•          “Tarbiyachi”, “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;

•          Yoshlar ittifoqi faollari tavsiyanoma asosida hududiy OTMlarning pedagogika yoʻnalishlariga grantga kiradiganlar;

•          xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari;

•          Prezident maktabi bitiruvchilari.

Imtihonsiz, kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadiganlar:

•          Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchilari kimyo, biologiya, fizika va AKT sohalariga qabul qilinadi;

•          Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari bitiruvchilari.

Faqat bir fan imtihonidan ozod etib, ball beruvchi imtiyozlar:

•          respublika fan olimpiadalarining 1-3-oʻrin sohiblariga gʻolib boʻlgan fani boʻyicha maksimal ball beriladi;

•          chet tili boʻyicha belgilangan darajadagi xalqaro va milliy sertifikatga ega abituriyentlar uchun shu fandan maksimal ball beriladi;

•          tasviriy, amaliy sanʼat va dizayn yoʻnalishi boʻyicha respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblari mutaxassislik fanidan maksimal ball oladi;

•          “Bolalar sport oʻyinlari”ning gʻoliblariga belgilangan fan boʻyicha maksimal ball beriladi;

•          umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatga ega abituriyentlarga sertifikatdagi baliga mos proporsional ball beriladi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov