Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

«ULUGʻBEK» JAMGʻARMASI ISTEʼDODLI YOSHLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KENGAYTIRADI


«ULUGʻBEK» JAMGʻARMASI ISTEʼDODLI YoSHLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KENGAYTIRADI

Vazirlar Mahkamasining 18.01.2022-yildagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-son qaroriga asosan Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

iqtidorli yoshlarni izlab topish, isteʼdodini roʻyobga chiqarish va ularni qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashish;

davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni ilmiy-texnik faoliyatga keng jalb etish tizimini yoʻlga qoʻyishda ishtirok etish;

iqtidorli yoshlarning, jumladan, Jamgʻarma tomonidan oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblari, Prezident granti va nomli stipendiyalar, “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” loyihasi sovrindorlarining ilmiy-texnik ishlanmalari, gʻoya va tashabbuslarining amaliyotga joriy etilishini qoʻllab-quvvatlash;

davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovini tashkil etish, shuningdek, soha mutaxassislarini jalb etgan holda ushbu tanlovlar gʻolibi boʻlgan iqtidorli yoshlarni maqsadli oʻqitish;

iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirishda qatnashish.

            Xar yili “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

I bosqich fevral-mart oylarida tumanlarda oʻtkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har bir tumandan 5 nafardan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻllanma oladi;

II bosqich aprel oyida, viloyatlarda kaziladi hamda ularning har biridan eng yuqori natijaga erishgan 20 nafar yosh navbatdagi bosqichga yoʻllanma oladi;

III bosqich may oyida oʻtkaziladi va unda 100 nafar yosh tanlovning respublika bosqichi gʻolibi deb topiladi.

 I, II va III bosqichlar gʻoliblari tegishlicha BHMning 5, 10 va 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi gʻoliblari Jamgʻarma tomonidan tashkil etiladigan maqsadli oʻquv kurslarida bepul tahsil olish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi    A.O. Boboyorov