Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining taʼlim toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish tartibi

. Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan barcha oliy taʼlim tashkilotlarida (davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida) bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talabalarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish boʻyicha yillik xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

Ushbu xarajatlarni toʻlab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda ushbu Nizomga 8-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlar bundan mustasno).

Oʻquvchi-talabalar toʻlov-kontrakt xarajatlarining bir qismini toʻlab berishni soʻrab Vasiylik kengashiga toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) nusxasini taqdim etishi lozim.

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida toʻlov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda toʻlov-kontrakt xarajatlarini qoplashni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha toʻlov-kontrakt xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng uch ish kuni ichida belgilangan miqdordagi toʻlov-kontrakt mablagʻlari professional taʼlim yoki oliy taʼlim tashkilotining hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov