Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga pullik psixologik xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash tartibi

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan pullik psixologik xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 4 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.

Psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish respublika markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi, Respublika ijtimoiy moslashuv markazi, taʼlim muassasalari va xususiy tashkilotlarning malakali psixologlari tomonidan psixologik maslahatlar beriladi.

Ariza beruvchi pullik psixologik xizmat koʻrsatilishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashni soʻrab mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

Yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatini oʻrganib, Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlar bilan tavsiyanoma taqdim etadi:

psixolog tomonidan berilgan ariza beruvchining psixologik yordamga muhtojligi toʻgʻrisidagi xulosa;

psixologik yordam koʻrsatish xizmatini koʻrsatuvchi tashkilot va ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi. Shartnomada tashkilotning nomi, STIR, koʻrsatiladigan xizmat summasi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.

Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashi subsidiya ajratish haqida qaror qabul qiladi.

Mazkur qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan uch ish kuni ichida psixologik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar psixologik yordam koʻrsatish xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.

 

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov