Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish tartibi


“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratish tartibi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ushbu Nizomga 17-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.

Bunda er-xotinning har ikkisi oʻttiz yoshdan oshmagan (oʻttiz bir yoshga toʻlmagan) boʻlishi, mulk huquqi asosida turar joyi boʻlmagan, ilgari maqsadli dasturlar doirasida imtiyozli ipoteka kreditlari orqali kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joylar bilan taʼminlanmagan, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar yoki uy-joylar taʼminoti bilan bogʻliq boshqa imtiyozlardan foydalanmagan hamda har ikkisi yoki biri “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlishi talab etiladi.

Ariza beruvchi subsidiya ajratishni soʻrab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

turar joy ijara shartnomasi nusxasi. Bunda ijara shartnomasida ijaraga beruvchining ismi va familiyasi, JSHSHIR, bank plastik kartasining rekvizitlari, ijara muddati, ijaraning bir oylik toʻlovi miqdori koʻrsatilishi lozim;

ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi haqidagi bildirishnoma.

Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.

Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining ijtimoiy himoyaga muhtojligini hamda uning murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiqligini oʻrgangan holda uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.

Murojaatni oʻrganish natijalari boʻyicha Vasiylik kengashi tomonidan ijara xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda Vasiylik kengashi har oyning 5-kunigacha ijara xarajatlari uchun subsidiyaning oylik toʻlovlarini ijaraga beruvchining bank plastik kartasiga oʻtkazadi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi ijaraga oluvchi tomonidan haqiqatda ijaraga olingan turar joyda yashayotganini har oy mobaynida kamida bir marta monitoring asosida oʻrganadi.

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        N.P.Nazarimbetov