Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Transport vositasi qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi?


Transport vositasi qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi?

 

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 291-moddasida transportni ushlab turish va koʻrikdan oʻtkazish asoslari va tartibi belgilangan.

           Unga koʻra, transport vositasi bir qator davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ushlab turilishi, yaʼni jarima maydoniga joylashtirilishi mumkin.

Transportni jarima maydoniga joylashtirishga asos boʻladigan bir qator huquqbuzarliklar mavjud.

ususan quyidagi huquqbuzarliklar sodir etilganida YPX xodimlari transportni jarima maydoniga joylashtirishi mumkin:

– karantinli va inson uchun xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan majburiy qoidalar buzilganda;

– ruxsatnomasiz ogʻir vaznli yuk tashilganida;

– ruxsatnomasiz “tonirovka” qilingan transpot boshqarilganida;

– transportga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni oʻrnatilganida yoki transport raqami koʻrinmaydigan holatga keltirib qoʻyilganida;

                – toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalari buzilib, haydovchi boʻlmasa va qoidabuzarlik yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;

– transport mast holda boshqarilganida;

– transport hujjatlarsiz boshqarilganida;

– haydovchilar mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganida;

– yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolinganida;

– ichki ishlar organi xodimining transportni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talabi bajarilmaganida.

Bundan tashqari, ekologiya va oʻrmonlarga oid huquqbuzarliklar sodir etilganida Ekologiya vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi agentligi xodimlari; bojxona qoidalari buzilganida Bojxona qoʻmitasi; savdo, tadbirkorlikka oid ayrim huquqbuzarliklarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mansabdorlari ham transportni ushlab turishi mumkin.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov