Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

YANGI QURILAYOTGAN KOʻP QAVATLI UYLARDAN SOTIB OLAYOTGANDA NIMALARGA EʼTIBOR BERISHI KERAK?


YANGI QURILAYOTGAN KOʻP QAVATLI UYLARDAN SOTIB OLAYOTGANDA NIMALARGA EʼTIBOR BERISHI KERAK?

 

Bugungi kunda fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan ularning pulini olish orqali firibgarlik jinoyatini sodir etayotganlar ham oz emas.

Ushbu holatda quyidagi masalalarga eʼtiborli boʻlish kerak:

➖ yangi qurilayotgan koʻp qavatli uylarning sotuvchisi xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganmi va ayni damda mavjudmi (tugatilmaganmi)?

➖ qurilish ishlari amalga oshirilayotgan yer uchastkasi boʻyicha tegishli hujjatlar mavjudmi?

➖ quruvchi firma bozorda oʻz oʻrniga egami?

➖ qurilish loyihasi Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazilganmi? Qurilish ishlari mazkur loyiha va ekspertiza xulosasi asosida amalga oshirilmoqdami?

Shuningdek, shartnomaning ayrim bandlariga alohida eʼtibor berish lozim.

Va albatta, kvartira sotib olishdan avval yurist maslahatini olishni unutmang.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti        B.B.Mavlonov